O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Bryussel shahrida

2017-11-29 | Siyosat

Avval erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi A.Kurmanov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining parlament delegatsiyasi Yevropa Parlamenti taklifiga binoan, Bryussel shahrida bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari “O‘zbekiston—YEI” Parlament hamkorligi qo‘mitasining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Shu bilan bir qatorda, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini Belgiya jamoatchiligiga yetkazish maqsadida Bryusseldagi Press-klubda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi taqdimotini tashkil etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Lyuksemburg Buyuk Gersogligining rasmiy va ishbilarmon doiralari vakillari uchun O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Senatining

Axborot xizmati

Поделиться