O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Karate bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari boshlandi

2017-11-29 | Sport

O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hamda mamlakatimiz an’anaviy karate-do federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada 100 ga yaqin sportchi kata va kumite yo‘nalishlarida g‘oliblik uchun kurashmoqda. 

Shuningdek, mamlakat kubogi doirasida Jahon an’anaviy karate-do federatsiyasi vitse-prezidenti Radoslav Yanush karatechilarimizga o‘quv-amaliy seminar va mahorat saboqlari o‘tdi. 

– Mazkur seminar va mahorat saboqlari sportchilarimizning tajriba va mahoratini yanada oshirish, mazkur sport turida kuzatilayotgan yangiliklar, qoidalarga kiritilgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot olish imkonini bermoqda, – deydi O‘zbekiston an’anaviy karate-do federatsiyasi bosh kotibi B.Po‘latov. – Ishonamizki, karatechilarimizning olgan bilim va ko‘nikmalari nufuzli musobaqalarda munosib ishtirok etishlarida qo‘l keladi. 

Seminarda murabbiy va sportchilarga, kata va kumitedagi yangi usullar, xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish hamda yangi qonun-qoidalar haqida ma’lumotlar berildi. 

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться