O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistonning yangi elchisi Germaniya Federal prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
2017-11-29 | Siyosat
Berlinda O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Nabijon Qosimov Germaniya Federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimdan keyin kechgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.
F.-V.Shtaynmayer GFR O‘zbekistonga Markaziy Osiyodagi muhim sherik sifatida qarashini hamda keng qamrovli masalalar yuzasidan o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanligini qayd etdi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar ijobiy tusda ekanligi qayd etilgani barobarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun katta salohiyatning mavjudligi ta’kidlandi.
GFR Federal prezidenti ikki tomonlama hamkorlik faollashishiga umid bildirar ekan, O‘zbekiston rahbariyati hamda xalqiga muvaffaqiyatlar va farovonlik tiladi.