O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Poytaxtimizda O‘zbekiston Pensionerlar uyushmasining navbatdan tashqari syezdi bo‘lib o‘tdi
2017-11-29 | Jamiyat
Uyushma raisi Q.Nabiyev va boshqalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, keksalar va faxriylarni ijtimoiy himoyalash, ularning ijtimoiy-siyosiy hayotda faolligini oshirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.
Yig‘ilishda Pensionerlar uyushmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hisobot tinglandi.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va boquvchisi yo‘q nuroniylar Toshkent shahri va viloyatlardagi sanatoriy-sog‘lomlashtirish maskanlariga davolanish hamda sog‘lig‘ini tiklash uchun yuborilmoqda. Tabarruk yoshdagi nuroniylarimiz muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlanmoqda.