O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston delegatsiyasi ShHT Hukumat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi
2017-11-29 | ShHT
2017-yilning 30-noyabr–1-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Sochi shahrida (Rossiya) bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining (bosh vazirlar) 16-yig‘ilishida ishtirok etadi.
Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston hukumatlari rahbarlari mintaqa va jahondagi mavjud vaziyat yuzasidan fikr almashishadi, ShHT doirasida iqtisodiy va gumanitar hamkorlikning keng ko‘lamdagi masalalari, Tashkilotga a’zo davlatlarning ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturining bajarish bo‘yicha Tadbirlar rejasining amalga oshirish jarayoni va ko‘p qirrali kun tartibining boshqa masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilishda kuzatuvchi davlatlar–Afg‘oniston, Belarusiya, Eron va Mo‘g‘uliston vakillari, ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining Ijroiya qo‘mitasi, Ishbilarmonlar kengashi va ShHTning Banklararo birlashmasi Kotibiyat rahbarlari hamda qator xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.