O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yoshlar va kinematografiya

2017-11-28 | Madaniyat

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan "PROlogue" – yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar III festivali doirasida "Yoshlar va kinematografiya" mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

"O‘zbekkino" Milliy agentligi bosh direktori F.Zokirov, O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti rektori I.Yo‘ldoshev va boshqalar yoshlarni har jihatdan barkamol, teran ma’naviyatli, sog‘lom va mustaqil tafakkur egasi etib voyaga yetkazishdek dolzarb masala kinoijodkorlar zimmasiga ham ulkan vazifalar yuklayotganini ta’kidladi. 

– Yosh kinoijodkorlarning festivalga taqdim etgan ishlarini kuzatar ekansiz, ular ko‘proq adabiy va badiiy asarlar o‘qishi zarurligi ko‘zga tashlanib qolmoqda, – deydi O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti professori Abdurahim Ismoilov. – Kinoloyihalardagi voqelikni, uning mazmuniga singdirilgan g‘oyani tomoshabinga ifodalab berish kinochidan chuqur bilim va mahoratni talab etadi. Bular esa bevosita mutolaa bilan bog‘liqdir. 

Konferensiyada kinoning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, o‘zbek multiplikatsiya san’atida yangi ijodiy jarayonlar, kinoda tasviriy yechim, badiiy asarlar ekranizatsiyasi, milliy kinematografiya rivojida teatrning o‘rni, kino va estetik did, film yaratishda kinooperator mahorati kabi mavzularda ma’ruzalar muhokama etildi. 

Festivalning navbatdagi kunida atoqli kinoijodkorlar ishtirokidagi mahorat saboqlari, festival uchun taqdim etilgan filmlar namoyishi bo‘lib o‘tdi. 

 

Nazokat Usmonova, O‘zA

Поделиться