O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vena taklif etadi

2017-11-28 | Madaniyat

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Kontinent FA” forum-festivali doirasida o‘tkazilgan konsert shunday nomlandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirga professor-o‘qituvchilar, talabalar, o‘quvchilar va san’at ixlosmandlari taklif etildi. 

Mamlakatimizda san’at sohasini rivojlantirish, ijodkorlar, xususan, yoshlarni har tomonlama rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. Ayniqsa, bu kabi ishlarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 31 maydagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori muhim dasturilamal bo‘layotir. 

«Kontinent FA» forum-festivali O‘zbekistonda fortepiano san’atini rivojlantirish maqsadida 2017-2019 yillar uchun mo‘ljallangan keng qamrovli musiqiy loyiha hisoblanadi. Mamlakatimizda ilk bor tatbiq etilayotgan mazkur loyiha fortepiano ansambli ijrosidagi o‘zbek va xorijiy musiqalarni targ‘ib etish hamda duet ijrochiligi an’analarini davom ettirishga qaratilgan. Shu bilan birga, ansambl ijrochiligini fortepiano san’atining muhim yo‘nalishi sifatida faollashtirish ushbu forum-festivalning o‘ziga xos jihatidir. 

– Festival doirasida turli tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan, – deydi loyiha rahbari, professor Adiba Sharipova. – Konsertlar, fortepiano duetlari ijrochilari tanlovi, ilmiy-amaliy anjuman, mahorat darslari, seminarlar va ijodiy uchrashuvlar shular jumlasidandir. Tadbirda professional tayyorgarlikdan o‘tgan barcha toifadagi ijrochilar, xususan, musiqa maktablari o‘quvchilari, konservatoriya o‘qituvchilari, talabalari hamda fortepiano san’atining mohir ustalari qatnashadi. Bugungi konsert ramziy ma’noda “Vena taklif etadi” deb nomlandi. Unda jahonning mashhur kompozitorlari asarlari ijro etildi. 

Konsertda A.Sharipova, M.Qosimova, R.Polvonov, T.Myakushko, E.Dergacheva, J.Murodbekova, L.Vashurina, A.Yurtanidze, U.Mahmudov kabi fortepiano ijrochilarining chiqishlari muxlisu mutaxassislar olqishiga sazovor bo‘ldi. 

 

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA

Поделиться