O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Rossiyada o‘tkazilgan xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli qatnashdi

2017-11-27 | Sport

Beloyarskiy shahrida tashkil etilgan turnirda bokschilarimiz 1 oltin va 3 kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Turnirda mezbon bokschilardan tashqari O‘zbekiston, Xitoy, Mo‘g‘uliston, Polsha, Ozarbayjon, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston, Armaniston, Qozog‘iston, Moldaviyadan 150 ga yaqin sportchi 10 vazn toifasida o‘zaro kuch sinashdi. 

Musobaqada tajribali bokschimiz Hasanboy Do‘smatov o‘zini 52 kilogramm vazn toifasidagi bahslarda sinab ko‘rdi. U ozarbayjonlik Qosqar Safarli, rossiyalik Artur Lojnikov va Artur Jayevni yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

O‘z vazn toifasida Isroil Madrimov, Iqboljon Xoldorov va Sanjar Tursunov ikkinchi o‘rinni egalladi. 

Kamensk-Uralskiy shahrida yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi an’anaviy xalqaro turnirda qatnashgan Samandar Xolmurodov, Abdumalik Xalakov, Halimbek Utegenov, Jahongir Rahmonov, Manguberdi Abdurasulov, Jamshid Mahamadaliyev barcha raqiblarini yengib, terma jamoamizga oltin medalni keltirdi. Sadir Kamolmirzayev va Alimardon Abdujabborov kumush medalni qo‘lga kiritdi. 

Shuningdek, o‘smirlar o‘rtasida Otabek Ahadov va Komiljon Yusupov shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться