O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qiziltepa tumanida 13-bolalar musiqa va san’at maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi

2017-11-24 | Ta’lim

Mamlakatimizda yosh avlodni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk insonlar etib tarbiyalash, iste’dodli yoshlarni kashf etish va rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, bolalar musiqa va san’at maktablari barpo etilayotgani yosh iste’dodlarni aniqlash va tarbiyalashda muhim omil bo‘layotir. Ayni paytga qadar viloyatda 12 ana shunday maskan faoliyat yuritmoqda. 

– Zamonaviy maktab binosi tumanimiz ko‘rkiga-ko‘rk bo‘lib qo‘shildi, – deydi muassasa direktori N.Shamsiyev. – 3 milliard 600 million so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga qurilgan mazkur madaniyat koshonasi Prezidentimizning yosh avlod kamolotiga qaratayotgan yuksak e’tibori samarasidir. 150 o‘ringa mo‘ljallangan maktabda barcha sharoit yaratilgan. Maskanda 20 ga yaqin o‘qituvchi 7 mutaxassislik bo‘yicha yoshlarga san’at sirlaridan saboq beradi. 

Maktab hovlisida yozgi amfiteatr barpo etilgani yosh iste’dodlarning kichik konsert dasturlari uyushtirib, ijodiy salohiyatlarini yuksaltirishida muhim omil bo‘ladi. Keng va shovqinni o‘zida tutib qoluvchi shinam sinf xonalarida barcha qulayliklar mavjud. 

Muassasani zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash maqsadida royal, fortepiano, milliy va Yevropa cholg‘u asboblari keltirildi. Maktabning shinam kutubxonasi o‘quvchilarning musiqaga oid nazariy bilimini mustahkamlashda alohida o‘rin tutadi. 

 

Nuriddin Rahimov, O‘zA

Поделиться