O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha «Toshkent kuzi – 2017» musobaqasi yakunlandi

2017-11-23 | Sport

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada yuzdan ortiq shaxmatchi turli yosh toifalarida «A» va «V» guruhlarida g‘oliblik uchun o‘zaro bahslashdi.

«A» guruhida 9 turda 7,5 ochko to‘plagan qashqadaryolik Umar Isomov oltin medalni qo‘lga kiritdi. 7 ochko jamg‘argan surxondaryolik Muhammadali Abdurahmonov kumush, 6,5 ochko to‘plagan Toshkent viloyati vakili Samandar Shermuhamedov bronza medalni qo‘lga kiritdi. 

«В» guruhidagi bahslarda qashqadaryolik Davron Sharipov 8 ochko to‘plagan holda shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Toshkentlik Bobur Yo‘ldoshev va Muhammadiqbol Anvarjonov ikkinchi va uchinchi o‘rinlardan joy oldi. 

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться