O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bayonnoma kuchga kirdi
2017-11-21 | Siyosat
2017-yilning 17-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2006-yil 20-martda imzolangan Avtomobil qatnovlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnoma (2017-yil 23-mart kuni Ostona shahrida imzolangan) kuchga kirdi.
Bayonnoma bilan muntazam/nomuntazam xalqaro avtomobil yo‘lovchilarini tashishni tashkil etish to‘g‘risidagi me’yorlarni qo‘shish orqali Hukumatlararo bitimning qo‘llash yo‘nalishlari kengaytiriladi.
Mazkur hujjat ikki davlat o‘rtasida transport kommunikatsiyalari yo‘nalishida o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish va avtomobil tashuvlarini amalga oshirishda o‘zaro maqbul huquqiy sharoit yaratish maqsadida qabul qilindi.
Hujjatning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.