O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Faol investitsiya muhitining muhim omili

2017-11-21 | Iqtisodiyot

Toshkentda investitsiyaviy arbitraj, aktivlarning xalqaro qidiruvi va ularni undirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan «Hogan Lovells» xalqaro yuridik kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda davlat organlari, yuridik firmalar hamda yirik ishlab chiqarish korxonalari vakillari ishtirok etdi. 

Mamlakatimizda milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvini chuqurlashtirishga qaratilgan islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Mahalliy tadbirkorlarning eksport faoliyati tobora kengayib borayotgani barobarida chet el sarmoyalari hajmi ortayotgani buning amaliy ifodasidir. Bu esa investitsiyalarni himoyalash, investitsiya arbitraji sohasini rivojlantirishni taqozo qiladi. 

Seminarda «Hogan Lovells» xalqaro yuridik kompaniyasi vakillari Aleksey Dudko va Markus Burgshtaller ma’ruza qildi. Ishtirokchilarga investitsiyalarni himoya qilishning asosiy prinsiplari, jarayonlari va amaliyotlari, xalqaro arbitrajlarda ishning ko‘rilishi va unda yutib chiqish, noqonuniy tarzda chet elga olib chiqib ketilgan aktivlarni xalqaro qidiruvga berish va undirish haqida ma’lumot berildi. 

Yirik xalqaro yuridik kompaniyalardan biri bo‘lgan «Hogan Lovells» korporatsiyalar, moliyaviy institutlar va davlat hokimiyati organlariga barcha yuridik masalalar bo‘yicha ham xalqaro, ham mahalliy darajada maslahat beradi. AQSh, Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasi, Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlarida 40 dan ziyod ofislarga ega bo‘lgan kompaniya investitsiyaviy arbitraj sohasida katta tajribaga ega. Bugungi kunda kompaniyada nizolarni muvofiqlashtirishga ixtisoslashgan 700 dan ortiq huquqshunos faoliyat yuritmoqda. 

Shu yil sentabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va «Hogan Lovells» yuridik kompaniyasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolangan edi. Memorandum doirasida tomonlar turli sohalarda, jumladan, birgalikda tadbirlar o‘tkazish, huquqiy sohani rivojlantirish borasida hamkorlikni amalga oshirmoqda.

 

Behzod Bozorov, O‘zA

Поделиться