O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AQSh Kongressi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi to‘g‘risida
2017-11-20 | Siyosat
2017-yilning 21-noyabr kuni Toshkent shahriga AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Trent Kelli boshchiligidagi delegatsiya keladi.
Delegatsiya tarkibidan respublikachilar va demokratlar partiyalari vakillari o‘rin olgan.
Parlamentlararo aloqalar doirasida kongressmenlar guruhi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida muzokaralar olib borishi, shuningdek, Hukumat va Tashqi ishlar vazirligida uchrashuvlar o‘tkazishi va qator obyektlarga tashrif buyurishi kutilmoqda.