O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Joriy yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, bank plastik kartalari soni 3 millionga yetdi

2017-11-17 | Iqtisodiyot

“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki yangi xizmat turi – qisqa masofadan to‘lov kartalar joriy etib, Andijon viloyatida cinovdan o‘tkazdi. U orqali shahar jamoat transportida yo‘l haqi to‘lovlari tez va qulay amalga oshiriladi. Hozirda 30 mingta ana shunday karta va 300 dona terminal yurtimizning boshqa hududlarida ham amaliyotga joriy etilmoqda.

Bank tomonidan “Agrobankmobile” xizmatining yo‘lga qo‘yilishi soliq, bojxona, kommunal, uyali aloqa, shahar telefonlari, internet-saytlar va televideniye, maktabgacha ta’lim muassasalari va boshqa to‘lovlarni tezkor va ishonchli amalga oshirishga xizmat qilmoqda. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun “Agrobankmobile-Biznes” mobil ilovasi ham mavjud. 

Hisob raqamlardagi mablag‘larni tasarruf etish, tovar hamda xizmatlar uchun to‘lovlarni o‘tkazish kabi qator yangi imkoniyatlar xususida Milliy matbuot markazida “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan o‘tkazilgan “Plastik karta tizimini takomillashtirish, bu boradagi innovatsion g‘oyalar va ularni rivojlantirish asoslari” mavzuidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori interaktiv xizmatlar, xususan, plastik kartalar orqali xizmat ko‘rsatish sifatini yanada takomillashtirishda dasturilamal bo‘lmoqda. 

Mazkur hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Agrobank” aholini plastik kartalar xizmatiga keng jalb qilish, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini to‘lov terminallar bilan to‘liq qamrab olish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratmoqda. 

Joriy yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra, bank plastik kartalari soni 3 milliontaga yetdi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga qulayliklar yaratish uchun 19 mingtaga yaqin korporativ plastik karta muomalaga chiqarildi. Plastik kartalar orqali to‘lov tizimini rivojlantirish maqsadida 33 ta bankomat va 120 ta infokiosk ishlab turibdi. Ular orqali ish haqi, pensiya to‘lovlarini yuklash, kommunal va boshqa to‘lovlarni qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan. 

– Plastik kartalar tizimida zamonaviy interaktiv xizmatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratayotirmiz, – deydi bankning Plastik kartalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Zafarjon Mamajonov. – Misol uchun, chakana savdo yoki pullik xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar “Mobil savdo” yangi xizmat turidan foydalanib, xarid qilingan tovarlar uchun to‘lovlarni mobil telefon vositasida “Agrobank-klik” orqali amalga oshirish imkoniyatiga ega. Hozir bu xizmatdan 7 mingtadan oshiq savdo va pullik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi foydalanmoqda. 

Matbuot anjumanida “Agrobankmobile” mobil ilovasi orqali mijozlarga kredit ajratish, to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish, “Yagona xalqaro protsessing markazi” bilan hamkorlikda “GlobUz” tizimini amaliyotga tatbiq qilish, VISA, Union Rau, Master sagd va boshqa xalqaro plastik kartalar tizimlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi. 

Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga bank mutaxassislari javob berdi.

 

Sayyora Shoyeva, O‘zA

Поделиться