O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish–muhim masala

2017-11-16 | Jamiyat

Qarshida “Favqulodda vaziyatlar xizmatlari, korxona, tashkilot va muassasalarning 2017-2018 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va betalafot o‘tkazish jarayonida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish borasida hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati, Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimlari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilaridan iborat Respublika ishchi guruhi a’zolari, Qashqadaryo viloyati hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. 

Mashg‘ulotlar jarayonida aholi xonadonlarida tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir bo‘lgan zaharlanish holatini bartaraf etish hamda jabrlanganlarni qutqarish ishlari, ko‘p qavatli uyning old qismidagi gaz taqsimlash maskanida gaz sizib chiqishi bilan bog‘liq avariya holatini, yuqori kuchlanishli podstansiyada elektr energiyasi uzilishi bilan bog‘liq avariyani, tabiiy gaz quvurlaridagi avariya natijasida kelib chiqqan yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar namoyish etildi.

– Mazkur tadbirlar Prezidentimiz topshirig‘i bilan butun mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri Rustam Jo‘rayev. – Bundan maqsad, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish va yuz berishi mumkin bo‘lgan texnogen va tabiiy ofatlarning tezkorlik bilan oldini olishdir. Tadbirlar davomida Respublika ishchi guruhi tomonidan Qashqadaryo viloyatida favqulodda vaziyatlar davlat tizimiga kiritilgan barcha idora va tashkilotlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi tekshirilmoqda. Bugungi taktik o‘quv mashg‘ulotida tashkilot va muassasalarning mavsumga tayyorgarligi, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ularni tezlik bilan bartaraf qilish ko‘nikmasi sinovdan o‘tkazildi. Viloyatda taktik mashg‘ulotga yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgan. Ammo, texnikalar holati, xodimlar bilimi bilan bog‘liq kamchiliklar yo‘q emas. Qashqadaryo viloyati texnogen va tabiiy favqulodda holatlar tez-tez sodir bo‘ladigan hudud hisoblanadi. Shu bois, is gazi va tabiiy gazdan zaharlanish holatlarining oldini olish, xavfsizlik masalasiga rioya qilish borasida aholi bilan uchrashuvlar, maxsus o‘quv-taktik mashg‘ulotlar, targ‘ibot-tashviqot tadbirlari muntazam tashkil etilmoqda. 

Mashg‘ulotlar davomida viloyat hududiy gaz ta’minoti filiali, “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va “Qashqadaryo ko‘mir yetkazuvchi” unitar korxonasining kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishga jalb etiladigan kuch va vositalari, shuningdek, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi, viloyat yong‘in xavfsizligi boshqarmasi va tez tibbiy yordam xizmati kuch vositalari namoyishi ham o‘tkazildi. 

Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Ro‘ziyev ishtirok etdi.

 

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA

Поделиться