O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tojikiston Elchisi bilan uchrashuv
2017-11-16 | Siyosat
2017-yilning 15-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Tojikiston Respublikasining Favqulotda va Muxtor Elchisi Sodiq Imomi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida ta’kidlanganidek, qisqa vaqt davomida O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarida chuqur o‘zgarishlar yuz berdi. Ikki tomonlama hamkorlikning barcha kompleks masalalarini yaxshilash nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqilmoqda.
Toshkent va Dushanbe o‘rtasida avia qatnovlar qayta tiklandi, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning majlisi o‘tkazildi, davlatlararo chegaralarni delimitatsiya qilish bo‘yicha Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchta uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga, turli sohalarda, xususan madaniy-gumanitar sohadagi qo‘shma tadbirlar ham jamoatchilikning keng muhokamasiga sabab bo‘ldi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi amaliy masalalari muhokama qilindi.