O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion g‘oyalar – taraqqiyot omili

2015-04-07 | Texnologiyalar

Farg'onada VIII Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar hududiy yarmarkasi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo'mitasi, viloyat hokimligi, viloyat hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi markazi hamkorligida tashkil etilgan yarmarkada ilmiy-tadqiqot institutlari hamda tajriba-konstruktorlik muassasalarining 200 dan ortiq innovatsion texnologiya, ishlanma va g'oyalari namoyish etildi.

An'anaviy o'tkazib kelinayotgan mazkur yarmarka iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlaridagi talabni innovatsiya sohasidagi takliflar bilan uyg'unlashtirish hamda innovatorlar va innovatsiya loyihalari investorlari o'rtasida bevosita amaliy aloqa vositasi bo'lib kelmoqda. Shuningdek, tadbir oliy ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik muassasalarining texnologiya va ishlanmalarini namoyish etish, tajriba almashish, istiqboldagi vazifalarni belgilab olish, ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda salohiyatli xaridorlar bilan bevosita muloqot qilish imkonini bermoqda. Shu bois, ko'rgazma davomida erishilayotgan kelishuvlar samarasida sanoat, qishloq xo'jaligi, xizmat ko'rsatish va servis sohalariga ixcham va zamonaviy texnologiyalar joriy etilib, yuqori samaradorlikka erishilmoqda.

Farg'ona viloyatida ham ilmiy ishlanmalarni rag'batlantirish va amaliyotga tatbiq etish borasida salmoqli ishlar qilinmoqda. Viloyat hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi markazi oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda fanning ustuvor yo'nalishlarida olib borayotgan ilmiy izlanishlar natijasida 2012-2014-yillarda 2 ilmiy-amaliy va 6 ilmiy innovatsion loyiha amalga oshirildi.

Farg'ona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi oliy o'quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari olimlarining ilg'or innovatsion g'oyalari, texnologiya va loyihalari, ilmiy ishlanmalari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otdi. Mashinasozlik, muqobil energiya ishlab chiqarish va energiyani iqtisod qilishga oid g'oyalar, qishloq xo'jaligi sohasidagi ishlanma va texnologiyalar tarmoqda yangiligi va iqtisodiy samaradorligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

– Bugungi kunda mamlakatimizda muqobil energiyadan foydalanish borasida bir qator izlanishlar olib borilmoqda, – deydi Farg'ona politexnika instituti katta ilmiy xodimi Mirsoli O'zbekov. – Yarmarkada quyoshli havo isitgich texnologiyasini namoyish etdik. Bu texnologiya issiqxonalarni isitish va mevani quritishda ishlatiladi. Quyosh nuri yordamida ishlaydigan havo isitgich ekologik tozaligi, qulay va tejamkorligi bilan ko'pchilikning e'tiborini tortmoqda.

Yarmarka doirasida "Viloyatda innovatsion tadbirkorlik: muammo va istiqbollar" mavzusida ilmiy-amaliy seminar ham bo'lib o'tdi. Tadbir davomida sanoat korxonalari va tashkilotlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan yangi texnologiya, loyiha va ishlanmalarni xarid qilish, sotish yuzasidan bir qator shartnomalar imzolandi.

Поделиться