O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vazirligining Toshkent yuridik kolleji faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qaror qabul qilindi

2017-11-15 | Jamiyat

Adliya vazirligining Toshkent yuridik kollejida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmunini tubdan takomillashtirish maqsadida 2017-yil 10-noyabrda Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq kollejdagi muhitni sog‘lomlashtirish va mavjud muammolarning tezkor yechimini topish maqsadida Toshkent yuridik kolleji faoliyatini o‘rganish va uni takomillashtirish bo‘yicha komissiya tashkil etildi.

Komissiyaga bir oylik muddatda kollejning rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda kollejni zamonaviy talablarga javob beradigan, yuksak malaka, professional tayyorgarlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega boshqaruv va pedagog kadrlar bilan to‘ldirish vazifasi topshirildi.

Shuningdek, qaror bilan Toshkent yuridik kolleji Toshkent davlat yuridik universiteti tasarrufiga o‘tkazildi.

Shu bilan birga, qarorga muvofiq Toshkent yuridik kollejida o‘quv jarayonini tubdan yaxshilash, o‘quvchilarni o‘qitish sifatini, ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, ularning huquqiy madaniyati va ongini oshirish, shuningdek, kollejning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha Tadbirlar rejasi ham tasdiqlandi.

Qarorda o‘quvchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartib bilan bir qatorda, o‘quv intizomi va kollej ichki tartib-qoidalarini buzganligi, shu jumladan semestr davomida uzrsiz sabablarga ko‘ra darslarni 74 soatdan ortiq vaqt qoldirgani, shuningdek, odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun ham Toshkent yuridik kollejdan chetlashtirilishi belgilab qo‘yildi.

Bundan tashqari, qarorda Toshkent davlat yuridik universitetiga universitetning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan kollej uchun o‘quv-laboratoriya uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari, yengil avtotransport vositalari sotib olish, shuningdek, kollej xodimi va o‘quvchilarini moddiy qo‘llab-quvvatlash huquqi berildi.

Поделиться