O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bosh qomusimiz–jamoatchilik nazoratini ta’minlashning huquqiy kafolati

2017-11-15 | Jamiyat

Namangan davlat universitetida "O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi–jamoatchilik nazoratini ta’minlashning huquqiy kafolati" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a’zolari, viloyatdagi nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, professor-o‘qituvchilar, talabalar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi A.Saidov, Qonunchilik palatasi deputati I.Hojiyev, siyosiy fanlar doktori T.Fayzullayev va boshqalar mustaqillik yillarida mamlakatimiz barqaror rivojlanish va yuksak taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgani, bunda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ishlab chiqilgan Konstitutsiyamiz, “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan huquqiy-demokratik islohotlar mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi. 

– Bosh qomusimiz yurtimizdagi tinch-osoyishta hayot, fuqarolar erki, huquq va manfaatlari, inson qadr-qimmati va uning sha’ni, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotimizning ishonchli kafolatidir, – deydi Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari P.Matkarimov. – Shuningdek, Konstitutsiya davlatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini o‘zida mujassamlashtirgani, xalqaro demokratik tamoyillar va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangani bilan muhim ahamiyat kasb etadi. 

Seminarda Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, uning davlatimiz suverenitetini ta’minlash, milliy qonunchiligimizni takomillashtirish, inson huquq va manfaatlarini kafolatlashdagi ahamiyati haqida ma’ruzalar tinglandi.

 

Akramjon Sattorov, O‘zA

Поделиться