O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Abdulaziz Kamilov Ispaniya Senati raisi birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi
2017-11-15 | Siyosat
2017-yilning 14-noyabr kuni Madrid shahrida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Ispaniya Qirolligi Senati (Parlamentning yuqori palatasi) raisi birinchi o‘rinbosari Pedro Sanz bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston-Ispaniya muloqotini yanada rivojlantirish va parlamentlararo aloqalarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Oliy Majlisi va Ispaniya Bosh Korteslari o‘rtasida muntazam aloqalar siyosiy, savdo-iqtisodiy, ivestitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Suhbat davomida umumiy kun tartibini aniq mazmun va qo‘shimchalar bilan to‘ldirish hamda o‘zaro munosabatlarga uzoq muddatli tus berishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.