O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Barchamizning ishimiz

2015-04-07 | Jamiyat

Nukusda odam savdosiga qarshi kurashishning dolzarb masalalariga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi.

Nukus shahar hokimligi tomonidan huquq-tartibot idoralari vakillari, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari xodimlari, imom-xatiblar, "Ishonch" axborot-resurs markazi, OITSga qarshi kurash markazi mutaxassislari va yoshlar ishtirokida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda aholi tinchligiga raxna soladigan, inson sha'ni va qadr-qimmatini kamsitadigan bunday illatga qarshi kurashish va uning oldini olish bo'yicha mustahkam huquqiy baza yaratilgani alohida ta'kidlandi.

Bunda O'zbekiston Respublikasining "Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonuni hamda Prezidentimizning 2008-yil 8-iyuldagi "Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori muhim dasturilamal bo'lib xizmat qilayotir.

Ana shu huquqiy hujjatlar ijrosini izchil ta'minlash maqsadida inson huquq va erkinliklari poymol etilishiga yo'l qo'ymaslik, aholi, ayniqsa, yoshlarni odam savdosidan muhofaza qilish, ular o'rtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish borasida mahallalarda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda targ'ibot-tashviqot ishlari yanada kuchaytirilmoqda.

– Bu jinoyat millat va irq tanlamaydi, – deydi Nukus shahridagi "Xalqlar do'stligi" mahalla fuqarolar yig'ini raisi Urqiya Tangirbergenova. – Ushbu global muammoga qarshi kurashishda mahallaning rolini yanada oshirish davr talabidir. Bunda faollar, tajribali o'qituvchilar, huquq-tartibot idoralari xodimlari, profilaktika inspektorlari va ommaviy axborot vositalari hamkorligini yanada mustahkamlash zarur. Bu masala bo'yicha mahallamizda ham keng ko'lamli chora-tadbirlar amalga oshirilib, olib borilayotgan targ'ibot-tushuntirish ishlari ta'sirini yanada kuchaytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bugungidek tadbirlar va ularda tajriba almashish, qo'shimcha ma'lumotlarga ega bo'lish yaxshi samara beradi.

Поделиться