O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

11 nafar malakali mutaxassis va rahbar kadrlarga zamonaviy uy-joylar topshirildi

2017-11-14 | Jamiyat

Navoiyda tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan viloyat sog‘liqni saqlash tizimida mehnat qilayotgan 11 nafar malakali mutaxassis va rahbar kadrlarga zamonaviy uy-joylar topshirildi.

Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish, aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, shifokorlar malakasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilayotir. Ayniqsa, birlamchi bo‘g‘in – patronaj xizmatidan samarali foydalanilayotgani aholi salomatligini mustahkamlash, profilaktik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirishda muhim omil bo‘lmoqda. 

Bugungi kunda viloyatda tibbiyot sohasida 15 mingdan ortiq shifokor mehnat qilmoqda. Joriy yilda investitsiya dasturi asosida 10 sog‘liqni saqlash obyekti barpo etildi. Ayni maqsadlar uchun 16 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida tuman va shahar tibbiyot birlashmalari hamda oilaviy poliklinikalar 1 milliard 167 million so‘mlik tibbiy jihozlar bilan ta’minlandi. 23 zamonaviy tez tibbiy yordam mashinasi ajratildi. Viloyatdagi 147 qishloq vrachlik punkti negizida 34 qishloq oilaviy poliklinikasi tashkil etildi. Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tashkiloti tomonidan 5 million 610 ming dollarlik 92 turdagi zamonaviy tibbiy jihoz va asbob-uskunalar ajratilgani murakkab jarrohlik amaliyotlarini shu yerning o‘zida o‘tkazish imkoniyatini yaratdi. 

Poytaxtimizdan Navoiy viloyatiga safarbar etilgan mutaxassislarning ish va turmush sharoitini yanada yaxshilash maqsadida Navoiy shahrida oilaviy poliklinika sifatida foydalanilgan ko‘p qavatli bino turar joyga moslashtirilib, qayta ta’mirlandi. 

– Bayramga munosib sovg‘a sifatida topshirilgan shinam xonadonda farovon hayot kechirishimiz uchun barcha sharoit bor, – deydi Navoiy viloyati silga qarshi kurash dispanseri bosh shifokori H.Muhammedov. – Aholi salomatligi muhofazasi yo‘lida yaratilayotgan imkoniyatlar bugun biz, soha mutaxassislaridan katta mas’uliyat va bilim talab etmoqda. 

Sana munosabati bilan Navoiy shahridagi “Xursand” tantanalar majmuasida bayram tadbiri tashkil etildi. Sohada samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh shifokorlar munosib taqdirlandi. Xonadon sohiblariga uylar kaliti tantanali ravishda topshirildi. 

Tadbirda Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov so‘zga chiqdi.

 

Nuriddin Rahimov, O‘zA

Поделиться