O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buyuk davlat arbobi va ulug‘ sarkarda

2015-04-07 | Jamiyat

Temuriylar tarixi davlat muzeyida Amir Temur tavalludining 679-yilligiga bag'ishlab "Amir Temur – buyuk davlat arbobi va ulug' sarkarda" deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar akademiyasi tinglovchilari, oliy harbiy ta'lim maskanlari kursantlari, harbiy yo'nalishdagi akademik litsey o'quvchilari ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari dastlab Amir Temur haykali poyiga gul qo'ydi.

Xalqaro Amir Temur xayriya jamg'armasi raisi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zosi N.Habibullayev, Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori X.Fayziyev va boshqalar tariximizni xolisona o'rganish, jahon sivilizatsiyasi ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan buyuk ajdodlarimizning hayoti va faoliyati, boy ilmiy-ma'naviy merosini tadqiq etish, ularning mazmun-mohiyatini yosh avlod ongiga teran yetkazishga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini ta'kidladi.

Bu Amir Temur va temuriylar tarixi, ularning jahon tamadduni rivojida tutgan o'rnini ilmiy asosda chuqur o'rganishda yaqqol ifodasini topmoqda. Sohibqiron bobomizning ma'naviy merosi, jumladan, "Temur tuzuklari" asari bugungi kunda ham ko'plab davlatlardagi universitetlar, ilmiy markazlarda katta qiziqish bilan o'rganilmoqda.

Mamlakatimizdagi ta'lim maskanlarida Amir Temur va temuriylarning milliy davlatchiligimiz, madaniyat, ilm-ma'rifat rivojiga qo'shgan ulkan hissasi "O'zbekiston tarixi", "Jahon tarixi" kabi fanlar orqali yoshlarga chuqur singdirilmoqda.

– Buyuk Sohibqironning «Temur tuzuklari» asarini katta qiziqish bilan o'rganmoqdamiz, – deydi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakulteti talabasi Jasur O'sarov. – Unda ilgari surilgan g'oyalar insonda vatanparvarlik, halollik, adolat bilan ish yuritish, ilm o'rganishga ishtiyoq kabi fazilatlarni qaror toptirishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Tadbirda Temur va temuriylar ma'naviy-ilmiy merosining yoshlar tarbiyasidagi o'rni va ahamiyati xususida atroflicha so'z yuritildi.

Ishtirokchilar muzeyda tashkil etilgan «Shohruhiya – Temuriylar davri bunyodkorligi yodgorligi» mavzuidagi ko'rgazma bilan tanishdi.

Поделиться