O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan qutlovlar

2015-04-06 | Siyosat

Mamlakatimizda 2015-yil 29-mart kuni bo'lib o'tgan saylovda Islom Karimov O'zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblari nomidan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Jumladan, Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Barak Obamaning qutlovida bunday deyiladi:

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!

Siz Prezident lavozimida navbatdagi muddatda ish boshlayotganingiz munosabati bilan Sizga va O'zbekiston xalqiga tinchlik va ravnaq tilayman. Amerika Qo'shma Shtatlari va O'zbekiston o'rtasida mushtarak manfaatlar mavjud bo'lib, ular o'zaro munosabatlarimizning mustahkam va izchil rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, biz ko'plab umumiy tahdidlarga ham duch kelmoqdamiz. O'zaro hamkorligimiz ikki tomonlama munosabatlarimiz kengayishiga, sherikligimiz xalqlarimiz farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Bugungi tahlikali dunyoda doimiy barqarorlik va xavfsizlikka demokratik va mas'uliyatli boshqaruvsiz, jumladan, asosiy huquq va erkinliklarga rioya qilmasdan erishib bo'lmaydi. Prezident lavozimida yangi muddatdagi faoliyatingizda ushbu muhim masalalar bo'yicha Siz bilan hamkorlikni davom ettirish niyatidaman. Amerika xalqi nomidan O'zbekiston xalqiga ezgu istaklarimni yo'llab, mamlakatingizga tinchlik va taraqqiyot tilayman.

Ehtirom bilan,

Barak Obama,
Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti.

Shuningdek,

Amerika Qo'shma Shtatlari Davlat kotibi – Jon Kerri

Chexiya Respublikasi Prezidenti – Milosh Zeman

Misr Arab Respublikasi Prezidenti – Abdulfattoh As-Sisi

Afg'oniston Islom Respublikasi Prezidenti – Muhammad Ashraf G'ani

Tailand Qirolligi Bosh vaziri – Prayut Chan-Ocha

Gruziya Prezidenti – Georgiy Margvelashvili

Armaniston Respublikasi Prezidenti – Serj Sargsyan

Falastin Davlati Prezidenti, Falastin ozodlik tashkiloti ijroiya qo'mitasi raisi – Mahmud Abbos

Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi – Valentina Matviyenko

Energetika Xartiyasi Bosh kotibi – Urban Rusnak

Saudiya Arabistonida istiqomat qilayotgan vatandoshlar – Safoxon Jalolxon To'ra Marg'iloniy va boshqalar

Rossiya Federatsiyasi musulmonlari idorasi raisi, Rossiya muftiylar kengashi raisi – Ravil G'aynutdin

Toshkent va O'zbekiston mitropoliti, O'rta Osiyo mitropoliya okrugi rahbari – Vikentiy

Britaniya – O'zbekiston jamiyati raisi – Xartli But

Markaziy Osiyo bo'yicha Kembrij forumi raisi, professor – Siddxart Saksena "RUSAL" kompaniyasi prezidenti – Oleg Deripaska

ham tabrik yo'llagan.


Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Поделиться