O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Shveysariya Konfederatsiyasi Tashqi ishlar federal departamenti Davlat kotibi o‘rinbosari K.Lang bilan uchrashuv
2017-11-10 | Siyosat
2017-yil 9-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoyev va Shveysariya Konfederatsiyasi Tashqi ishlar federal departamenti Davlat kotibi o‘rinbosari K.Lang o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Shveysariya Konfederatsiyasi Tashqi ishlar federal departamenti Davlat kotibi o‘rinbosari K.Lang Samarqand shahrida 10-11-noyabr kunlari BMT rahnamoligida o‘tkaziladigan “Markaziy Osiyo: o‘tmish bir, kelajak bir, barqaror taraqqiyot va ravnaq yo‘lida hamkorlik” mavzusidagi Xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.
Mehmon 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga yuksak baho berdi, shuningdek ushbu Harakatlar strategiyasi doirasida O‘zbekiston bilan tegishli dasturlar va loyihalarni amalga oshirish borasida faol hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekiston va Shveysariya Konfederatsiyasi o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik va parlamentlararo o‘zaro munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati