O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Buyuk Britaniya Parlamentining Lordlar palatasi a’zosi A.Satti bilan uchrashuv
2017-11-10 | Siyosat
2017-yil 9-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari S.Artikova va Buyuk Britaniya Parlamentining Lordlar palatasi a’zosi A.Satti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Buyuk Britaniya Parlamentining Lordlar palatasi a’zosi Samarqand shahrida 10-11-noyabr kunlari BMT rahnamoligida o‘tkaziladigan “Markaziy Osiyo: o‘tmish bir, kelajak bir, barqaror taraqqiyot va ravnaq yo‘lida hamkorlik” mavzusidagi Xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr almashdilar.
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati