O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori N.Pollitt bilan uchrashuv
2017-11-10 | Siyosat
2017-yil 9-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari S.Artikova hamda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori N.Pollitt o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Samarqand shahrida 10-11-noyabr kunlari BMT rahnamoligida o‘tkaziladigan “Markaziy Osiyo: o‘tmish bir, kelajak bir, barqaror taraqqiyot va ravnaq yo‘lida hamkorlik” mavzusidagi Xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlar va parlamentlararo hamkorlikning bugungi holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari, shu jumladan ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik masalalari muhokama etildi.
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati