O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilish doimiy e’tiborda

2017-11-10 | Jamiyat

Poytaxtimizda “Mamlakatimiz strategik maqsadlarini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarning o‘rni” mavzuida anjuman bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, BMTning Taraqqiyot dasturi va Fridrix Ebert jamg‘armasining (Germaniya) O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, BMT Taraqqiyot dasturi loyihalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sh.Nurmatova, Fridrix Ebert jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari N.Rezyapova va boshqalar mamlakatimizda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yanada kengaytirish, ular o‘rtasida samarali ijtimoiy sheriklik tizimini muvofiqlashtirish hamda xalqaro munosabatlarni takomillashtirish orqali xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotda faolligini oshirishga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. 

O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarda nodavlat-notijorat tashkilotlarining faol ishtiroki, xalqning istaklari asosida faoliyat yuritishi va yurt ravnaqidagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. 

Mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan islohotlar natijasida qabul qilingan yuzga yaqin xalqaro huquqiy-me’yoriy hujjat negizida ayollar manfaatini himoya qilish ham ko‘zda tutilgan. BMTning «Xotin-qizlar kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida»gi konvensiyaning O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingani buning yaqqol isbotidir. 

2017-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, yurtimizda ayollar huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari 300 dan oshdi. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi mamlakatimizda eng yirik nodavlat tashkiloti hisoblanib, bugungi kunda 200 dan ortiq bo‘lim va bo‘linmalari, 44 mingdan ortiq boshlang‘ich tashkilotlari ijtimoiy sheriklik tamoyillariga amal qilgan holda faoliyat yuritmoqda. 

Anjuman doirasida joriy yilning 6-9-noyabr kunlari qo‘mita tomonidan BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi ko‘magida o‘tkazilgan seminar-treninglar ayollar va ularning oilalarini ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyati va oilalar bilan ishlashga yo‘naltirilgan nodavlat notijorat tashkilotlar xodimlari ishini samarali tashkil etishga xizmat qiladi. 

– Xotin-qizlar haq-huquqlarni himoya qilish, ularga qulayliklar yaratish eng yuksak qadriyatlarimizdandir, – deydi Chortoq tumani hokimi o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi A.Asraqulova. – Bunga biz Jizzax viloyatidagi “Qalb nuri” ayollar va ularning oilalarini ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi faoliyati bilan yaqindan tanishganimizda yana bir bor amin bo‘ldik. Ushbu markaz jamoasining ayollar manfaati, huquqlarini himoya qilish, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida amalga oshirayotgan ishlari barchamiz uchun ibrat bo‘ldi. 

Tadbirda O‘zbekiston-xotin qizlar qo‘mitasi hamda Fransiya Texnik hamkorlik va rivojlanish agentligining O‘zbekistondagi filiali o‘rtasida, shuningdek, hududiy markazlar o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

 

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA

Поделиться