O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hamkorlik memorandumlari imzolandi

2017-11-09 | Iqtisodiyot

Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Janubiy Koreya biznes forumi va kooperatsion birja doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va Koreya Respublikasining "Awesome Ltd.", "SuWan TPL Co.,Ltd", "DOBE CorpInc." kompaniyalari o‘rtasida mamlakatimiz tadbirkorlari tomonidan ushbu mamlakatga to‘qimachilik mahsulotlari, sharbatlar, ziravorlar va boshqa mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va Koreya Respublikasi zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi bilan Toshkent shahrida zargarlik buyumlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi. 

Mazkur bitimlar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Tadbirda Janubiy Koreyaning qurilish, oziq-ovqat sanoati, zargarlik buyumlari, tibbiy uskunalar, shaxsiy gigiyena vositalari, qishloq xo‘jaligi texnikasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, to‘qimachilik va to‘qimachilik uskunalari ishlab chiqarish, logistika, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va tayyorlash hamda boshqa sohalarda faoliyat yuritadigan yirik kompaniyalari vakillari qatnashdi.

 

Abu Bakir O‘rozov, O‘zA

Поделиться