O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

I Toshkent xalqaro amaliy san’at festivali doirasida Ikuo Xiroyama xalqaro madaniyat karvon saroyida navbatdagi ko‘rgazma ochildi

2017-11-09 | Madaniyat

Ikki qismli ekspozitsiyadan iborat ko‘rgazmada Toshkentdagi "Kolibri" bolalar ijodiyoti studiyasi badiiy to‘garaklari qatnashchilarining ijod namunalari muxlislar e’tiboriga havola etilgan. Bu yerdan o‘rin olgan matoga tasvir aks ettirish – batika, applikatsiya, yumshoq o‘yinchoqlar, liboslar dizayni, chinniga gul chizish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha yosh ijodkorlarning ishlari bolalar ichki dunyosining naqadar boyligi, samimiyatga to‘laligi, zavqli, jo‘shqin va beg‘uborligini yana bir karra namoyish etdi.

Ko‘rgazmaning ikkinchi qismida esa yurtimizning ustalari bilan birga Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya va Buyuk Britaniya hunarmandlari ijodiga nazar tashlash imkoniyati yaratilgan. Xitoylik ustalar ijod namunasi mukammalligi, ingliz hunarmandi yasagan choy idishlari oddiyligi, koreyalik musavvirlarning harir matoda aks etgan chizgilari g‘oyat nafisligi bilan tomoshabinga manzur bo‘lmoqda. O‘zbekistonlik Yuliya Drobovaning shishali mozaikasi rangin va betakror, Rafael Yenaliyevning "Ipak yo‘lining soya va akslari" nomli turkum ishi gul va o‘simliklar, ko‘zmunchoq va boshqa o‘ziga xos, kutilmagan detallarga g‘oyat boy. 

– Bu festival boy taassurotlar qoldirmoqda, – deydi xitoylik ijodkor Ma Siao Lin. – O‘zbekiston amaliy san’ati haqida xabardor edim. Festival davomida uning naqadar boy ekaniga yana bir karra ishonch hosil qildim. Yurtingiz san’atshunos olimlarining tadqiqotlariga juda qiziqaman. Bu yo‘nalishda o‘zim ham izlanish olib borganim bois, mazkur festival g‘oyat foydali va qiziqarli tarzda o‘tmoqda. 

Tadbir doirasida san’at yangiliklariga oid yangi nashrlar taqdimoti, yurtimiz va xorijlik dizaynerlarning ijodini namoyish etuvchi modalar ko‘rigi bo‘lib o‘tdi.

 

Nazokat Usmonova, O‘zA

Поделиться