O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
ShHT Bosh kotibi bilan uchrashuv
2017-11-08 | Siyosat
2017-yilning 8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Rashid Alimov bilan uchrashdi.
ShHT Bosh kotibi 2017-yil 10-11-noyabr kuni Samarqand shahrida BMT shafiqligida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” muvzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.
Suhbat davomida xalqaro forum kun tartibi hamda ShHT va ShHT organlarining Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash masalalarini hal qilishdagi ishtirokining amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda ShHTni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.