O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahri delegatsiyasi mamlakatimizga tashrif buyurdi

2017-11-08 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligida Sankt-Peterburg vitse-gubernatori Anna Mityanina bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi aloqalar barcha sohalarda bo‘lgani kabi sog‘liqni saqlash yo‘nalishida ham mustahkamlanib borayotgani ta’kidlandi. 

O‘zbekiston va Rossiya sog‘liqni saqlash, tibbiy ta’lim va fan sohasida samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ikki mamlakat sog‘liqni saqlash vazirliklari, tibbiyot markazlari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Joriy yil iyun oyida A.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi ilmiy-amaliy markazi direktori, akademik Leo Bokeriya yurtimizga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Rossiyaning ushbu nufuzli ilmiy-amaliy markazi bilan Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining Xorazm viloyati filiali o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha bitim imzolandi. 

Shuningdek, Rossiyaning yetakchi tibbiyot muassasalaridan biri V.Almazov nomidagi Shimoli-G‘arbiy federal tibbiy tadqiqot markazi bilan mamlakatimizning Ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolangan. 

Uchrashuvda ushbu hujjatlar sohadagi hamkorlikni yanada kengaytirish, aholi salomatligini mustahkamlash, murakkab kardiojarrohlik amaliyotlarini muvaffaqiyatli bajarish, mahalliy mutaxassislar malakasini oshirishga xizmat qilayotgani qayd etildi. 

Mamlakatlarimizning tibbiyot sohasidagi nufuzli oliy ta’lim dargohlari hamkorligini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirishda o‘zaro tajriba almashishni keng yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, telemeditsina sohasini takomillashtirish orqali jarrohlik amaliyotlarini samarali o‘tkazishga doir takliflar bildirildi. 

Sankt-Peterburg vitse-gubernatori Anna Mityanina boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida ham uchrashuv o‘tkazdi.

 

Go‘zal Sattorova, O‘zA

Поделиться