O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro valyuta fondi missiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi

2017-11-08 | Iqtisodiyot

Joriy yil 7 noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida janob A.Eger boshchiligidagi Xalqaro valyuta fondi missiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv jarayonida, XVF missiyasiga milliy hisoblar statistikasi va narxlar statistikasining uslubiyati hamda amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha erishilgan natijalar, shu bilan birga Ma’lumotlarni tarqatishning umumiy tizimi (MTUT)ga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqidagi ishlar to‘g‘risida axborot berildi.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan milliy hisoblar va narxlar statistikasini yaxshilash maqsadida amalga oshirilgan ishlar va oxirgi yillarda erishilgan maqsadlarini XVF missiyasi yuqori baholadi. Shu bilan birga, XVF missiyasi vakillari qo‘yilgan va muhokama qilingan barcha savollarga batafsil javob va tushuntirishlar olishdi.

Uchrashuv iliq va do‘stona ruhda o‘tdi.

Поделиться