O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
BMTTD Vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2017-11-08 | Jamiyat
2017 yilning 7 noyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi institutida vazir Rustam Djuraev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi Vakolatxonasi rahbari Xelen Freyzer bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida, BMTTD bilan yangi qo‘shma loyihalar doirasida ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama etildi.
Shuningdek, Xelen Freyzer Fuqaro muhofazasi institutiga tashrifi davomida vazirlik tuzilmalarining avariya-qutqaruv asbob-anjomlari, zilzilalar tarixi muzeyi, ekspozitsiya zali bilan yaqindan tanishdi. Mehmonlar o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini zilzila simulyatorida amalda sinab ko‘rdilar.
Tashrif yakunida X.Freyzer FVV rahbariyatiga tashkil etilgan uchrashuv uchun minnatdorlik bildirdi.