O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Boqiy va bebaho meros

2017-11-08 | Madaniyat

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazilayotgan I Toshkent xalqaro amaliy san’at festivali doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada an’naviy va zamonaviy usuldagi ijod namunalari namoyish etildi. 

O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida o‘tkazilgan ko‘rgazmada Badiiy akademiya raisi A.Nuriddinov, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining o‘rinbosari K.Oqilova va boshqalar mamlakatimizda san’atning barcha yo‘nalishlari kabi amaliy va dekorativ san’at taraqqiyotiga ham keng yo‘l ochilgani, milliy hunarmandlikning ko‘plab turlari izchil rivojlanayotganini ta’kidladi.

Bugungi kunda kulolchilik, naqqoshlik, ganchkorlik, zargarlik, zardo‘zlik, kashtachilik, yog‘och o‘ymakorligi va amaliy san’atning boshqa turlari bo‘yicha sulola vakillarining ijod namunalari mamlakatimiz va xorijda mashhur. Ular san’at va madaniyat saroylari, teatrlar, muzeylar, ma’muriy inshootlar, metro bekatlari, muazzam maydonlarimizdagi yodgorlik majmualari ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda.
 
– Ilk bor o‘tkazilayotgan bunday festival amaliy san’at sohasidagi yutuq va yangiliklarni, erishilgan natijalarni sarhisob etish imkonini beradi, – deydi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, mohir kulol Akbar Rahimov. – Festival doirasidagi ko‘rgazmalar betakrorligi, yangi ijodiy g‘oyalarga boyligi, qamrovining kengligi, milliy qiyofamizni yaqqol aks ettirgani bilan diqqatga sazovor. 

Bu yerda mamlakatimizning turli hududlaridagi usta va hunarmandlar, ularning shogirdlarining ijod namunalari bilan birga chet ellik ijodkorlarning ishlari bilan ham tanishish mumkin.
 
– Mazkur loyiha musavvirlar, tikuvchilar, dizaynerlarning o‘zaro ijodiy hamkorligini ham ko‘rsatmoqda, – deydi chevar Nina Petrosova. – Ko‘rgazmadagi qator ijod namunalarini rassom Vyacheslav Useyinov eskizlari asosida birgalikda yaratganmiz. Jumladan, "Koinot yulduzlarining miltirashi" nomli gobelen uslubidagi ijodiy ish besh yil davomida tayyorlangan. Ushbu festival mamlakatimizda turli millat va elat vakillarining samarali ijod qilishi uchun zarur barcha sharoitlar mavjudligini yana bir karra namoyish etmoqda. 

Festival doirasida o‘tgan davra suhbatida hunarmandlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama etildi. Yoshlar ijod saroyida amaliy va dekorativ san’at namunalariga oid ko‘rgazmalar ochildi.

 

Nazokat Usmonova, A’lo Abdullayev (surat), O‘zA

Поделиться