O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Farg‘ona viloyatida bo‘sh turgan binolar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etilmoqda

2017-11-08 | Iqtisodiyot

Farg‘onada kichik sanoat zonalari va faoliyat yuritmayotgan ishlab chiqarish obyektlari negizida loyihalarni amalga oshirish mexanizmlari va mavjud imkoniyatlar to‘g‘risida tadbirkorlik subyektlarini xabardor qilish masalasiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda tadbirkorlar, adliya, bojxona, soliq idorasi xodimlari, tijorat banklari vakillari ishtirok etdi. 

Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalar, texnopark va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa xususiy sektorni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, raqobatbardosh mahsulotlar turini ko‘paytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, bandlik masalasini hal etish va aholi farovonligini yuksaltirishda yangi imkoniyatlar yaratayotir. 

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari J.Yunusov va boshqalar mamlakat yalpi ichki mahsulot hajmini oshirish va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda kichik sanoat zonalari muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. 

Prezidentimizning 2017-yil 23-fevraldagi "Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir. 

Mazkur hujjatga muvofiq, ilgari xususiylashtirilgan, qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishning samarali mexanizmi joriy qilindi. Farg‘ona viloyatida xususiylashtirilgan, faoliyati to‘xtab qolgan yoki binolari bo‘sh turgan korxonalar o‘rganilib, ularni erkin iqtisodiy zonalar tarkibiga kiritish borasida barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Jumladan, bo‘sh turgan binolar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etilib, yangi ishlab chiqarish korxonalari ish boshlamoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-avgustda qabul qilingan “Farg‘ona viloyatida joylashgan ishlamay turgan va kam quvvatli korxonalar faoliyatini tiklash, shuningdek, davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ham bu borada tadbirkorlar uchun katta imkoniyatlar yaratilgan. Farg‘ona, Quvasoy, Qo‘qon, Marg‘ilon shaharlari va Dang‘ara tumanida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalari tadbirkorlik faoliyati yanada jadal rivojlanishi, aholi turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. 

Seminarda viloyatda ishlamay turgan va kam quvvatli korxonalar, bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki bo‘lgan obyektlardan hamda yer uchastkalaridan samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, kichik sanoat zonalarida tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar, istiqbolli loyihalar haqida so‘z yuritildi.

 

Ma’sudjon Sulaymonov, O‘zA

Поделиться