O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

portal.standart.uz orqali sertifikatlashtirish idoralarining ish faoliyati avtomatlashtirildi

2017-11-07 | Iqtisodiyot

Milliy matbuot markazida “O‘zstandart” agentligining axborot tizimlari orqali aholi va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qulayliklar hamda yangi imkoniyatlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish orqali aholi farovonligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilayotgani, ularning safi kengayishiga, iqtisodiyotdagi hissasi jadal o‘sishiga xizmat qilmoqda. Yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda asosiy bo‘g‘in hisoblangan mazkur tarmoq aholi bandligi va daromadi manbaining, farovonlikka erishishning muhim omiliga aylandi. Zero, tadbirkorlarimiz ishlab chiqarayotgan mahsulotlar bozorlarimiz to‘kinligini ta’minlash bilan birga, davlatimiz eksport salohiyatini yuksaltirishga ham salmoqli ulush qo‘shmoqda.

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mazkur yo‘nalish bo‘yicha agentlik oldiga aniq vazifalar qo‘yilgan. Shunday vazifalardan biri tarmoqda axborot tizimini takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlariga interaktiv xizmatlar ko‘rsatish sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan aholi hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirishdir.

Ushbu vazifalar ijrosi doirasida agentlik tomonidan ishlab chiqilgan “Muvofiqlikni baholash”, “Standartlarni qidirish milliy tizimi”, “Muvofiqlik sertifikatlari davlat reyestri” va “Mahsulot shtrix kodi bo‘yicha ma’lumotlarni qidirish” kabi axborot tizimlari aholi va tadbirkorlarga bir qancha qulayliklar yaratmoqda. Mazkur axborot tizimlari orqali bugungi kungacha tadbirkorlarga 10 mingdan ziyod interaktiv xizmat ko‘rsatilgan.

Agentlikning rasmiy veb-saytidagi “Standartlarni qidirish milliy tizimi” axborot tizimida aholi va tadbirkorlarga standartlashtirishga doir huquqiy hujjatlardan bepul foydalanish imkoni mavjud. Ushbu tizimga 19 mingdan ortiq standart, shundan 1 ming 200 dan ziyod davlat standartining elektron nusxalari joylashtirildi.

portal.standart.uz portali orqali sertifikatlashtirish idoralarining ish faoliyati avtomatlashtirildi. Ushbu portal yordamida mahsulotlarga berilayotgan sertifikatlarning elektron bazasi shakllantirilmoqda. Eng muhimi, mazkur dastur yordamida tadbirkorlar mahsulot sertifikatining haqqoniyligini tekshirib olishlari mumkin. “Muvofiqlik sertifikatlari davlat reyestri” axborot tizimi orqali davlat reyestriga kiritilgan muvofiqlik setifikatlari, ularning amal qilish muddatlari va boshqa ma’lumotlarni to‘liq bilib olish imkoniyati mavjud.

Veb-saytda joriy yil 10 martdan boshlab ishga tushgan “Onlayn maslahat” ruknida aholi va tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olmoqda. Hozirgacha 500 ga yaqin fuqaro savollariga tezkor javob oldi. Ayni damda mobil telefonlarga mo‘ljallangan “Mening standartim” dasturi ishlab chiqilmoqda. Ushbu dastur orqali fuqarolar agentlik virtual qabulxonasiga murojaat yuborish, shuningdek, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning shtrix kodi orqali ma’lumot olish va uning sifatiga baho berish imkoniyatiga ega.

Jurnalistlarning savollariga javob qaytarildi.

 

Nurillo Nasriyev, O‘zA

Поделиться