O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsiya loyihalari ko‘rgazmasi

2015-04-03 | Texnologiyalar

Namanganda VIII Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasiga tayyorgarlik doirasida innovatsion ishlanmalarning sohaviy taqdimotlari ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo'mitasi, Namangan viloyati hokimligi, viloyat hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi markazi hamkorligida tashkil etilgan ko'rgazmada ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta'lim muassasalari, ilmiy-ishlab chiqarish va konstruktorlik tashkilotlari xodimlari, ishlab chiqaruvchilar, tadbirkor va fermerlar ishtirok etdi.

Tadbirda mamlakatimizda ilm-fan va ishlab chiqarish o'rtasida amaliy hamkorlikni yanada kuchaytirish hamda samaradorligini oshirish, fan-texnika yutuqlari, innovatsiya loyihalarini amaliyotga tatbiq etish orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e'tibor yuksak samaralar berayotgani ta'kidlandi.

– Davlatimiz rahbarining 2008-yil 15-iyuldagi "Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori mamlakatimizda oliy ta'lim, fan va ilmiy-tadqiqot muassasalari intellektual salohiyatidan yanada oqilona foydalanish, ilmiy-tadqiqotlar natijalarini iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida joriy qilinishini ta'minlash hamda fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash yo'lida muhim dasturilamal bo'lmoqda, – deydi Namangan viloyati hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi markazi rahbari, professor Rustamjon Murodov. – Ushbu an'anaviy ko'rgazma innovatsion ishlanmalarni iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, jumladan, fermer xo'jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga tatbiq etish istiqbollarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Ko'rgazmada yigirmadan ziyod ilmiy muassasa va Farg'ona vodiysidagi oliy o'quv yurtlari olimlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, qishloq aholisini ichimlik suvi bilan ta'minlash, meva, sabzavot va uzumdan yuqori hosil yetishtirish bo'yicha ishlab chiqilgan yuzga yaqin innovatsion ishlanmalar namoyish etildi.

Tadbir davomida ilmiy muassasalar va ishlab chiqarish subyektlari o'rtasida umumiy qiymati 392 million so'mlikdan ziyod shartnoma imzolandi.

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi olimlarining zamonaviy ilm-fan, jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, kimyo, biologiya va biotexnologiyalarning dolzarb masalalari, kompozitsiyalar asosidagi yangi materiallar kabi mavzularda ma'ruzalari tinglandi.

Tadbirda Namangan viloyati hokimi B.Yusupov so'zga chiqdi.

Поделиться