O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
MDH Hukumat rahbarlari kengashi majlisi kengaytirilgan tarkibda davom etmoqda
2017-11-03 | MDH
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hukumat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi yakunlandi. Ishtirokchilar muhokamalarni kengaytirilgan tarkibda davom ettirmoqda.
Unda Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar, jumladan, erkin savdo zonasi doirasidagi hamkorlik, neft va gaz mashinasozligi, melioratsiya va tovarlarning bojxona narxlari va boshqa masalalar muhokama qilinishi belgilangan.
Muzokaralar so‘nggida Hamdo‘stlik mamlakatlarining turli sohalaridagi hamkorligini rivojlantirish, tashkilotning institutsional va huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga doir qator hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.