O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolashdi

2017-11-03 | Jamiyat

Joriy yilning 2-noyabr kuni Toshkent shahridagi “Miran” mehmonxonasi O‘zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy g‘oyalari va loyihalari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamda Fridrix Ebert nomidagi jamg‘armaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad NNTlarning yutuq va muvaffaqiyatlari taqdimotini o‘tkazish, ularning ijtimoiy g‘oyalari va loyihalari ko‘rsatish maydonchasini yaratish, jamiyatdagi dolzarb ijtimoiy vazifalarni bajarishda NNTlar salohiyatini birlashtirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, tegishli vazirliklar, idoralar, mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy va xalqaro tashkilotlar, biznes subyektlari, NNT va OAV vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida “Hunarmandlar” assotsiatsiyasi, “Oltin meros” xalqaro fondi, “Tadbirkor ayol” uyushmasi kabi respublika miqyosidagi NNTlar, “Millenium” NNT, “Umidvorlik”, “Mehribonlik”, “Qirqqiz” va boshqa bir qator hududiy NNTlarning yutuqlari namoyish etildi.Yarmarkada 50 dan ortiq hududiy NNTlarning ko‘rgazmalari namoyish etildi. Toshkent shahridagi “Umidvorlik” NN tashkiloti o‘zining qo‘lda yaratilgan zargarlik buyumlarini tadbir ishtirokchilari e’tiboriga havola qildi.

“Yarmarka–bu NNTlarning ilg‘or tajribalarini taqdim etish va “uchinchi sektor”ni rivojlantirish borasidagi yangi tashabbuslar uchun ochiq maydondir.

Yarmarka–bu davlat va biznes subyektlari bilan NNTlarning o‘zaro tajriba almashishi uchun keng imkoniyatdir” –deb ta’kidladilar tadbir ishtirokchilari.

Yarmarka ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda, joylardagi mavjud muammolarni hal etishda hamda ijtimoiy ahamiyatga molik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda, davlat, biznes subyektlari va NNTlar o‘rtasidagi o‘zaro mustahkam aloqani o‘rnatishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining fan, ta’lim, madaniyat va sport qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi raisi o‘rinbosari Gavhar Alimova NNTlar ijtimoiy buyurtmalari sifatini oshirishda davlat va fuqarolar o‘rtasidagi ochiq va amaliy muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi.

“Aynan jamoatchilikning tashabbuslari davlat organlariga ta’lim, sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasida nostandart yechimlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etmoqda” –deb qo‘shimcha qildi.

Yarmarka doirasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari sharoitini yaxshilash bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy loyihalar va ko‘rgazmalar namoyishi o‘tkazildi.

Namoyishlar qo‘yidagi yo‘nalishlarga qaratildi:

aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ish bilan ta’minlashda davlat organlariga ko‘maklashish;

jismoniy imkoniyati cheklangan insonlarga erkin harakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish

ayollar va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, uyushmagan yoshlarning va ko‘p bolali onalarning ijtimoiy moslashuvi

aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, ularning kundalik hayotlarini mazmunli tashkil etish.

Yarmarka doirasida eng yaxshi loyihalar mualliflariga O‘zNNTMA huzuridagi Jamoat fondining 5 mln so‘mlik sertifikatlari topshirildi.

Tadbir doirasida imkoniyati cheklangan insonlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari masalasiga o‘z vaqtida e’tibor qaratish va ta’sir o‘tkazish maqsadida Assotsiatsiya hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘rtasida Memorandum imzolandi.

Yarmarkada “Mega sport”, “Bilol karate”, “O‘zbek jang san’ati” kabi sport sohasidagi NNTLarning chiqishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Поделиться