O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yoshlar press-klubida ma’naviy-ma’rifiy ishlar muhokamasi

2017-11-03 | Jamiyat

Poytaxtimizdagi Yoshlar press-klubida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini takomillashtirishning ilmiy-amaliy masalalariga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari A.Qodirov va boshqalar mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligini tubdan yaxshilashga, ularning ko‘lami va miqyosini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilayotganini qayd etdi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 28 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim omil bo‘lmoqda. Mazkur qaror bilan qayta tashkil etilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini keng aholi qatlamiga yetkazish, jamiyat hayotining ma’naviy-ma’rifiy asoslarini mustahkamlash, yoshlar qalbida Vatan va fuqarolarimiz taqdiri uchun daxldorlik, ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitet hissini kuchaytirish yuzasidan ilmiy-amaliy va tashkiliy ishlarni amalga oshirmoqda. 

Bugungi kunga qadar markaz tomonidan 200 dan ortiq tadbir, ommaviy axborot vositalarida ko‘plab chiqishlar uyushtirildi, ilmiy-amaliy risolalar tayyorlandi. Hamkor tashkilotlar bilan memorandumlar imzolandi. O‘z navbatida markaz qator yangi g‘oyalar ustida ish olib bormoqda. 

Targ‘ibot ishlariga izchil va yangi uslublarni joriy etish maqsadida olimlar, mutaxassislar, ijodkor ziyolilardan iborat “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tashkil etildi. Mazkur targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari barqaror rivojlanishimizga to‘sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar – el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizlik kabi holatlarga barham berishga qaratilgan tadbirlarda faol ishtirok etmoqda. 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan “Hududlarning ma’naviy muhit xaritasi” ishlab chiqildi. Xarita hududlarda o‘tkazilgan tajriba-sinov natijalari asosida tuzilgan bo‘lib, unda tumanlar va olis qishloqlarimiz ma’naviy-ma’rifiy hayotidagi kamchiliklar, hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar o‘rin olgan. 

Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning holati va istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.

 

Ulug‘bek Asrorov, O‘zA

Поделиться