O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

CISM bosh kotibining O‘zbekistonga tashrifi

2017-11-02 | Sport

Xalqaro harbiy-sport kengashi (CISM) bosh kotibi Dorax Mambi Koita Toshkent shahrida amaliy tashrif bilan bo‘ldi.

130 dan ziyod mamlakat a’zo bo‘lgan Xalqaro kengash qator xalqaro musobaqalar va mintaqaviy chempionatlar, jumladan, qishki va yozgi Butunjahon harbiy o‘yinlarining tashkilotchisi hisoblanadi. 

Tashrif doirasida mehmon O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyi va Olimpiya shon-shuhrati muzeyi ekspozitsiyasi bilan tanishdi, harbiy sportchilar – MHSK klubi a’zolari bilan uchrashdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston sportchilarining turli xalqaro musobaqalardagi ishtirokini kengaytirish, ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 

D.Koita poytaxtimizdagi Osiyo dzyudoni rivojlantirish markazi, “Bunyodkor” stadioni kabi sport inshootlari bilan tanishdi.

 

Ablay Kamolov, O‘zA

Поделиться