O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kam ta’minlangan oilalarga mikrokredit taqdim etiladi

2017-11-02 | Iqtisodiyot

Vazirlar Mahkamasi Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan “Kam ta’minlangan oilalarni bandlik bilan ta’minlash uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizomni tasdiqladi.

Ushbu nizomga asosan tijorat banklari muayyan mehnat turlari bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga ularning oilalarini etarli darajada ta’minlash imkonini beradigan imtiyozli shartlar asosida mikrokreditlar ajratib boradi.

Mikrokreditlar qarz oluvchilarga tikuv mashinalari, matolar va boshqa carf materiallari, kosibchilik faoliyati uchun inventarlar, maishiy, kompyuter va boshqa texnikalar, shuningdek, mehnat bilan bandlikni ta’minlovchi boshqa asbob-uskunalar xarid qilish, shaxsiy tomorqa uchastkalarini rivojlantirish (kichik issiqxonalar barpo etish, chorva mollari, parranda sotib olish, og‘ilxona va tovuqxona qurish, bog‘dorchilik inventarlari va asboblari xarid qilish maqsadlari uchun) eng kam ish haqining 100 baravari miqdorigacha yillik 4 foiz stavkada ajratiladi.

Batafsil

Поделиться