O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

NNTlar faoliyati takomillashmoqda

2017-11-02 | Jamiyat

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi media-xoll zalida O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan "2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishda O‘zNNTMAning roli” mavzuida matbuot anjumani tashkil etildi.

Assotsiatsiya kengashi raisi A.Karimov va boshqalar 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi barcha sohalar kabi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tubdan takomillashtirishda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi. 

Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda. Mazkur tashkilot tomonidan ishtirokchilarga davlat dasturi ijrosi bo‘yicha NNTlar normativ-huquqiy bazasini mustahkamlash, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratining shakl va mexanizmlarini kuchaytirish, moliyaviy, tashkiliy-huquqiy, axborot-uslubiy va maslahat ko‘magini ko‘rsatish, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan halqaro tashkilotlarning filiallari va vakolatxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash kabi masalalarda amaliy natijalarga erishayotgani haqida ma’lumot berildi. 

– Assotsiatsiya 575 ta nodavlat notijorat tashkiloti sa’y-harakatlarini birlashtiruvchi yirik fuqarolik jamiyati instituti hisoblanadi, – deydi assotsiatsiya kengashi raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston nogironlar jamiyati raisi Komil Abdullayev. – Turli komissiyalar va ekspert guruhlaridagi ishtiroki orqali hududiy nodavlat notijorat tashkilotlar, ayniqsa, nogironlar jamoat tashkilotlariga ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida aniq ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Ayni vaqtda “Nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni loyihasi bo‘yicha assotsiatsiya tomonidan jamoatchilik muhokamalari o‘tkazilmoqda. Shu bilan birga, o‘tgan davr mobaynida atrof-muhit muhofazasini yaxshilash, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, salomatlik va jismoniy tarbiya kabi masalalar targ‘ibotiga alohida e’tibor qaratildi. Mamlakatimizning olis hududlarida yashayotgan insonlarning ekologik xavfsizligini ta’minlash va muqobil energiya manbalarini joriy etishga ko‘maklashish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirildi. Misol uchun, Jizzax viloyatining Forish tumanida muqobil energiya va tomchilab sug‘orishdan oqilona foydalanish bo‘yicha dehqon-fermerlar uchun dala-o‘quv maydonchasi tashkil etildi va bu o‘z samarasini bermoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan davlat granti tanlovlarining e’lon qilinishi nodavlat notijorat tashkilotlari safining kengayishida muhim omil bo‘layotir. Jumladan, fondning “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga NNTlar faol ishtirokini ta’minlash” mavzuidagi birinchi davlat granti tanlovi yakuni bo‘yicha 51 ta nodavlat notijorat tashkiloti g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 

Shuningdek, assotsiatsiya tomonidan “Xalq farovonligi yo‘lida – birgamiz!” shiori ostida kichik grantlar tanlovi ham o‘tkazildi. Bunda 64 ta ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha ko‘rib chiqilib, ular orasidan 18 tasi g‘olib, deb topildi. Ularga ajratilayotgan mablag‘larining umumiy qiymati 90 million so‘mni tashkil etmoqda. 

– Bugun assotsiatsiya va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ijtimoiy hayotdagi o‘rni masalalariga alohida e’tibor qaratildi, – deydi Samarqand viloyati “Murabbiy” o‘qituvchilar assotsiatsiyasi raisi Rahima Kuliyeva. – Bizning maqsadimiz ta’lim sohasida mehnat qilayotgan xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdir. Uch yuz ellikdan ortiq a’zoga ega assotsiatsiya ustoz-murabbiylarimizga ko‘mak bo‘ladigan loyihalar ustida ish olib bormoqda. Matbuot anjumanida barcha yo‘nalishlar kabi bu borada ham ma’lumotlarga ega bo‘ldik. 

Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob berdi.

 

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA

Поделиться