O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston delegatsiyasining Ostona shahridagi xalqaro uchrashuvdagi ishtirokiga doir

2017-11-01 | Siyosat

2017-yilning 31-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarni nazorat qilish bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv Memorandumi ishtirokchi davlatlarining 10-uchrashuvida qatnashdi.

Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha mintaqaviy idorasi delegatsiyalari Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Narkotiklar, yangi psixoaktiv moddalar noqonuniy aylanishining oldini olish, noqonuniy moliyaviy oqimlar va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish, Giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarining qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga qarshi kurashish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazining (CARICC) barqaror faoliyati sohalarida mintaqaviy hamkorlikning yangi tendentsiyalari, muammolari va istiqbollariga asosiy e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra Deklaratsiya qabul qilindi.

Поделиться