O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tennischilarimizning dastlabki g‘alabalari

2015-04-02 | Sport

O'zbekistonlik tennischilar Fransiya va Tailandda o'tkazilayotgan Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) taqvimidan joy olgan xalqaro turnirlarda dastlabki g'alabalarni qo'lga kiritdi.

Fransiyada tashkil etilgan turnirning juftlik bahslarida Oqgul Omonmurodova ukrainalik Nadiya Kichenok bilan bolgariyalik Elista Kostova va belaruslik Lidziya Marozova juftligini mag'lubiyatga uchratdi. Endi ular chorak finalda Buyuk Britaniya vakili Naomi Broadi va chexiyalik Kristina Pliskova bilan bahslashadi.

Tailandning Bangkok shahrida o'tayotgan xalqaro turnirning juftlik bahslarida yosh tennischimiz Sabina Sharipova janubiy koreyalik Su Jeong Jang bilan birinchi davrada tailandlik tennischilar Nichapa Rungtein va Napatsakorn Sankayev ustidan 6:1, 6:0 hisobida g'alaba qozondi. Sabina Sharipova va Su Jeong Jang juftligi chorak finalda mezbonlar Varatchaya va Varunya Vongteanchailarga qarshi kortga chiqadi.

Поделиться