O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
BMT Bosh kotibi o‘rinbosarining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifiga doir
2017-10-31 | Siyosat
2017-yilning 31-oktabr kuni Toshkent shahriga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari, Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori Yuriy Fedotov tashrif buyuradi.
Tashrif dasturiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Tashqi ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Giyohvand moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazida uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziladi.
Yuriy Fedotov tomonidan boshchilik qilinayotgan BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi delegatsiyasi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining “Terrorizmga qarshi kurash – chegarasiz hamkorlik” nomli 5-ilmiy amaliy konferensiyada ishtirok etadi.