O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamoat tartibini saqlashning dolzarb masalalari

2015-04-02 | Jamiyat

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida jamiyatimizda barqarorlik, fuqarolar osoyishtaligini ta'minlashga qaratilayotgan keng ko'lamli ishlar o'zining yuksak samaralarini berayotir.

Bu jarayonda ichki ishlar idoralari tomonidan ham izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O'tgan yillarda Ichki ishlar vazirligi va uning quyi tizimlari faoliyati tubdan takomillashtirildi. Yetakchi sohaviy yo'nalishlar – jinoyat-qidiruv va terrorizmga qarshi kurash, tergov, huquqbuzarliklarning oldini olish, yong'in xavfsizligi, yo'l harakati xavfsizligi xizmatlari bilan birga patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlashning zamon talablari darajasida faoliyat yuritishi yo'lga qo'yilgani barqarorlikni saqlashga xizmat qilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida "Jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta'minlashning dolzarb masalalari" mavzuida tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferensiyada shular haqida fikr yuritildi.

O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o'rinbosari A.Mirzayev, akademiya boshlig'i Sh.Ikromov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida tanlangan mamlakatimizning mustaqil taraqqiyot yo'li naqadar to'g'ri ekani erishilayotgan muvaffaqiyatlarda namoyon bo'layotganini alohida ta'kidladi. Barqarorlikni ta'minlashga bo'lgan e'tibor va buning izchil ta'minlanayotgani barcha sohalarda, jumladan, Prezident saylovining yuksak demokratik talablar asosida o'tganida o'z aksini topdi.

Ichki ishlar idoralarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanayotgani va yuksak malakali, professional kadrlarni tayyorlash yo'lga qo'yilgani, shaxsiy tarkibning nafaqat kasb mahorati, balki ma'naviy-ma'rifiy, huquqiy bilimini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar sohadagi ishlar samaradorligini oshirmoqda. Huquq-tartibotni saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashishning zamonaviy usullaridan foydalangan holda jamoat xavfsizligini ta'minlashning samarali tizimi yaratilgani yurtdoshlarimiz xotirjamligida asosiy omil bo'lmoqda.

Anjumanda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta'minlashning nazariy-huquqiy jihatlari, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash va ularning huquqlarini himoya qilish bo'yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolik jamiyati institutlari o'rtasidagi ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish masalalari tahlil qilindi. Jamoat tartibini saqlashda uchrayotgan kamchiliklarni bartaraf etish, bu borada tegishli sohaviy xizmatlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashga e'tibor qaratildi.

Oliy Majlis Senati a'zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Bosh prokuratura, Adliya, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat bojxona, Soliq qo'mitalari, Matbuot va axborot agentligi, Ichki ishlar vazirligining mas'ul xodimlari, huquqshunos olimlar ishtirok etgan tadbirda sohaga doir ayrim qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Поделиться