O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tashkent City yangilanayotgan Toshkentning zamonaviy markazi bo‘ladi

2017-10-28 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-oktabr kuni ushbu markaz loyihasi bilan tanishdi. 

Tashkent City xalqaro biznes markazi bo‘ladi. Mazkur zamonaviy kompleks poytaxtimizning Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari oralig‘idagi 80 gektar hududda barpo etiladi. Loyihaga muvofiq Tashkent Cityda biznes markazlar, savdo majmualari, mehmonxonalar, ofislar, kongress-xol, ko‘rgazma zallari, ko‘p qavatli zamonaviy uylar, restoranlar, sun’iy ko‘l, favvoralar, ijtimoiy va boshqa ob’ektlar quriladi. 

Bu haqda 2017-yil 28-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahrining markaziy qismini obodonlashtirish va arxitekturaviy qiyofasini yanada yaxshilash hamda aholi va poytaxt mehmonlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan. Mazkur hujjat asosida Vazirlar Mahkamasi huzurida Tashkent Sity xalqaro biznes markazi hududidagi ob’ektlarni qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha direksiya tuzilgan. 

Hozirgi kunda hududni qurilishga tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda. Markazni loyihalashtirish va qurishga mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning yetakchi loyiha institutlari, chet ellik investorlar jalb etilmoqda. 

Prezidentimiz qurilish uchastkasida ushbu zamonaviy markaz loyihalari va rejalari bilan tanishdi. Buyurtmachi va quruvchilar oldida turgan vazifalar, tashkiliy va moliyaviy masalalarni joyida muhokama qildi. Loyihalarni takomillashtirish, qurilishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. 

 

 

Anvar Samadov, Sarvar O‘rmonov (surat), O‘zA 

Поделиться