O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rossiya delegatsiyasi Toshkent Mexanika zavodi faoliyati bilan tanishdi

2017-10-28 | Siyosat

Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisining o‘rinbosari D.Rogozin boshchiligidagi delegatsiya “Toshkent mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatida bo‘ldi. 

Delegatsiya a’zolari mazkur zavodda samolyotlarning tarkibiy qismlarini ishlab chiqarish sexi, kompozit materiallar va zaxira qismlarini yaratish jarayoni, kadrlar malakasini oshirish va yetuk mutaxassislar tayyorlash ishlari bilan tanishdi. Mehmonlarga korxonada bugungi kunda Il-76 va Il-114 samolyotlari uchun tarkibiy qismlar, yo‘lovchi hamda yuk tashuvchi temir yo‘l vagonlari, lokomotivlar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarilayotgani, bir necha turdagi samolyotlarga xalqaro standartlar darajasida texnik xizmat ko‘rsatilayotgani haqida so‘zlab berildi. 

Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. 

 

 

Ulug‘bek Shonazarov, O‘zA

Поделиться